Xoland “Siti” rahbariyatidan superklub taklifini ko‘rib chiqishni so‘radi
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand yozgi transfer oynasi oldidan klubdan “Barselona” va boshqa jamoalardan kelishi mumkin bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqishni so‘radi.
Bu haqida Football365 xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, norvegiyalik forvard “Real”ga qarshi Chempionlar ligasining 1/8 finalidagi mag‘lubiyatdan keyin jamoani tark etish imkoniyatini jiddiy o‘ylab ko‘rmoqda.
Shuningdek, “Manchester Siti” joriy mavsumda Angliya chempionligini qo‘lga kiritolmasligi mumkin. Shu sababli Holand jamoa ketma-ket ikkinchi yil yirik sovrinlarsiz qolishi ehtimolidan norozi. Unga ma’lumki, bosh murabbiy Xosep Gvardiola yozda iste’foga chiqishga qaror qilgan.
25 yoshli futbolchi hozirgi loyihadan ko‘ngli to‘lmagan va yana bir yil qolish fikridan qaytgan. “Shaharliklar” Holandni sotib, yangi hujumchi sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.
Joriy mavsumda norvegiyalik barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda qatnashib, 30 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2034 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 200 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar