Yamal "Barselona"ning navbatdagi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi

  • 11.10.2025 19:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Lamin Yamal "Barselona"ning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Avvalroq "Barselona" vingeri chov sohasidagi noqulaylik tufayli Ispaniya terma jamoa tarkibi tark etgan edi. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 18 yoshli futbolchining "Real" bilan o‘ynash-o‘ynamasligini bilmasligini aytgandi.

Avvalroq, Yamal 18 oktyabr kuni "Jirona"ga qarshi o‘yingacha tiklanishi mumkinligi, ammo Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, futbolchi bu uchrashuvni o‘tkazib yuborishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni "El-klasiko" bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!