Yoan Bonni: "Lautaro doim gol urishni xohlaydi"
Inter" hujumchisi Anj-Yoan Bonni jamoadoshlari Lautaro Martines va Markus Tyuram haqida gapirdi.
"Men Lautaroning gollarga bo‘lgan chanqoqligidan hayratda qolaman. Bu yoshda "Inter" tarixida eng yaxshi to‘rtinchi to‘purar bo‘lish ajoyib yutuq. U doim gol urishni xohlaydi - gollari chiroyli yoki chiroyli emasligi muhim emas.
Markusga kelsak, u hamma narsa qila oladi: Gol urish, to‘pni olib yurish, uzatma berish. Balki men u bilan ko‘proq umumiyliklarga egadirman, lekin biz baribir boshqachamiz va birga o‘ynay olamiz", - dedi Bonni "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, "Inter" 23 noyabr kuni derbida "Milan" bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar