"Yuventus" qishda Lixtshtayner bilan hayrlashmoqchi

Turinning “Yuventus” klubi qishda himoyachisi Shtefan Lixtshtayner bilan hayrlashishga tayyor.

Football Italia nashrining yozishicha 33 yoshli shveytsariyalik futbolchi borgan sari o‘z sport formasini yo‘qotib bormoqda. Aynan u A Seriyaning o‘tgan turida “Sampdoriya”ga (3:2) qarshi uchrashuvda tarkibdagi eng yomon o‘yin ko‘rsatgan futbolchilardan biri bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Lixtshtayner “Yuventus” safiga 2011 yil Rimning “Latsio” klubidan kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan 6 yil davomida 6 karra Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!