“Bunyodkor” Eronda qanday o‘ynagan?

Ertaga “Bunyodkor jamoasi Eronda OChL 4-turi doirasida “Zob Ahan” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Shu munosabati bilan esa biz bugun “qaldirg‘ochlar”ning Eronga qilgan oldingi safarlari va ulardagi natijalarni eslashga harakat qilib ko‘ramiz.

>>Legionerlarimiz hafta davomida. 1 qism

>>Bu mavsum avotogol muallifi bo‘lgan 10 nafar yulduz futbolchi

>>Madrid derbisi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

2008 yil

“Sepaxon” 1 –1 “Bunyodkor”

“Saypa” 2 – 2 “Bunyodkor”

2008 yilda “Bunyodkor” jamoasi OChLda debyut qiladi. Muusobaqadagi ilk ishtirokidayoq yarim finalga chiqqan “qaldirg‘ochlar” o‘sha yili ikki marta Eronga safar uyushtirgan edi. Guruh bosqichida “Sepaxon” bilan kuch sinashgan “Bunyodkor” Gochkuli Gochkulieving goli evaziga mezbonlar bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, chorak finalda “Saypa” toshkentliklar bilan kuch sinashgan. Eronda kechgan dastlabki o‘yinda “yulduzli” tarkibga ega bo‘lgan “Bunyodkor” Xose Luis Villanueva xamda Rivaldoning gollari sabab, “Saypa” bilan durangga imzol chekilishiga sababchi bo‘lgan edilar. Toshkentdagi bahsda esa “Bunyodkor” forslarga zarracha imkoniyat qoldirmagan – 5:1.

>>“Atletiko” va yana 5 ta Ronalduning La ligadagi sevimli jamoalari

2009 yil

“Sepaxon” 0–1 “Bunyodkor”

“Persepolis” 0–1 “Bunyodkor”

2009 yilda ham “Bunyodkor” Eronga ikki bor safar uyushtirgan edi. Dastavval, guruh bosqichida “Sepaxon” maaydonidan  Temur Kapadzening yagona goli evaziga g‘alaba qozongan bo‘lsa, 1/8 finalda “Persepolis” klubi muxlislarga to‘la “Ozodi” stadionida mahf etilgan edi. Bu safar golni Rivaldo penaltidan kiritgani ko‘pchilik muxlislarimizning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak.

>>EChL. “Borussiya Dortmund” – “Monako” uchrashuviga oid faktlar

2010 yil

“Zob Ahan” 3–0 “Bunyodkor”

Tarkibida Denilsoni bor bo‘lgan “Bunyodkor” 2010 yilga kelib Erondagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgan edi. “Zob Ahan” Xusayni Farimani, Gazi va Xalatborilarning gollari evaziga “qaldirg‘ochlar”ning “patini bittalab yulgan” edi.

2011 yil

“Persepolis” 1 – 3 “Bunyodkor”

“Sepaxon” 3 – 1 “Bunyodkor”

Guruh bosqichida “Persepolis” bilan bahs olib borgan “Bunyodkor” Texrondagi bellashuvda Hayrulla Karimov, Anvar Rajabov va Viktor Karpenkolar tomonidan kiritilgan 3 ta golga mezbonlar bir bora javob qaytargan edilar.

1/8 finalda esa “Sepaxon”ga to‘qnash kelgan Mirjalol Qosimov jamoasi turnirdagi yurishini aynan ushbu bosqichda yakunlashga majbur bo‘lgan edi. Boisi, “qaldirg‘ochlar” Isfaxondagi bir uchrashuvdan iborat bo‘lgan qarama-qarshilikda 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edilar.

2012 va 2013 yillarda “Bunyodkor” Sharq mintaqasida ishtirok etgan

2014 yil

“Fulad” 1 – 0 “Bunyodkor”

Tarkibida Rashidov xamda Pishuri bo‘lgan “Bunyodkor” guruh bosqichida “Fulad” bilan kurash olib boradi. Toshkentdagi bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, Erondagi o‘yinda mezbonlar minimal hisobda ustun kelgan.

2015 yil

“Persepolis” 2 – 1 “Bunyodkor”

Bundan ikki yil ilgari guruh bosqichida amalda hech nimani xal etmagan so‘nggi turda Sergey Lushchan boshchiligidagi “Bunyodkor” klubi “Persepolis” mehmoni bo‘lib, 1–2 hisobida imkoniyatni boy beradi. Nuri 49-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas Sardor Rashidov javob to‘pini kiritadi, Ammo uchrashuv yakunida Obid Jo‘raboev o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘yadi – 2:1.

2016 yil

“Zob Ahan” 5–2 “Bunyodkor”

“Bunyodkor” aynan o‘sha bahsga qadar birorta o‘yinda OChLda o‘z darvozasidan 5 ta to‘p olib chiqmagan edi. 5 aprel sanasida bo‘lib o‘tgan bellashuvda esa isfaxonliklar Murod Zuxurov darvozasini 5 bor ishg‘ol etadi. “Qaldirg‘ochlar” esa buncha golga bor-yo‘g‘ri ikki bor javob qaytarishadi.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!