Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Qatarga qarshi o‘yinda jarima zarbasini mukammal bajargan Odil Axmedov terma safidagi 16-golini kiritdi va tema jamoamiz tarixidagi to‘purarlar orasida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Biz esa shu munosabat bilan, termamiz tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar bilan sizlarni tanishtirishni maqsad etdik.
>>Bahodir Pardaevning yangi jamoasi haqida nimalarni bilasiz?
>>Bu o‘yinni albatta tomosha qiling, sababi…
>>Serxio Ramos haqida siz bilmagan faktlar
9. Nikolay Shirshov – 13 ta gol
1996-2005 yillarda terma jamoada to‘p surgan Shirshov bu davr mobaynida terma safida 63 ta o‘yin o‘tkazgan. 1996, 2000 va 2004 yilgi Osiyo kuboklarida ishtirok etgan Nikolay bosh jamoamiz safida 13 bor zafar quchgan.
>>“Chelsi”ning qimmatbaho transferlari. Top-10
8. Ulug‘bek Baqoev – 14

“Buxoro” klubining amaldagi murabbiyi 2001-2014 yillarda terma jamoa safida to‘p surgan. 13 yil termadan chaqiruv olgan Baqoev 53 ta o‘yin o‘tkazgan va 14 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga erishgan.
>>Frantsiya termasi tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar
7. Jafar Irismetov – 15
O‘zbekistonning 2000 yildagi eng yaxshi futbolchisi terma jamoa safida 1997-2007 yillarda to‘p surgan. Bosh jamoamiz safida 15 ta gol kiritgan Irismetovga buncha gol kiritishi uchun 36 ta o‘yin etarli bo‘lgan.
>>Futbolchilar faoliyatini tugatganidan so‘ng nima bilan shug‘ullanishadi?
6. Odil Axmedov – 16

2007 yildan buyon terma jamoadan chaqiruv olib kelayotgan Axmedov termada 84 ta bahsda ishtirok etgan va bu borada 5-o‘rinda zikr etiladi. To‘purarlik borasida esa 16 ta gol bilan hozirda 6-o‘rinda bormoqda.
>>Buyuk darvozabonlar va ularning ajoyib-u g‘aroyib rekordlari
5. Igor Shkvirin – 20
1994 yilgi Osiyo o‘yinlari qahramonlaridan biri bo‘lgan Shkvirin 1992-2000 yillarda to‘p surgan. Bu vaqt davomida esa 31 o‘yinda 20 ta gol kiritishga erishgan.
>>Jiru ham kurashga qo‘shildi yoxud Frantsiya termasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
4. Server Jeparov – 25

Termamizning sobiq sardori bo‘lgan Jeparov hozirga qadar 123 ta o‘yin o‘tkazgan. Bu borada Temur Kapadzeni ortda qoldirgan Server raqiblar darvozasini 25 bor ishg‘ol etgan. Jeparovning eng “sevimli” raqiblari Singapur, BAA va Livan termalaridir.
>>Van Gaalning “MYu”da amalga oshirgan eng yaxshi va eng yomon transferlari
3. Mirjalol Qosimov – 30

Qosimov 1992-2005 yillarda terma jamoada to‘p surgan Qosimov 66 o‘yinda 30 bor gol kiritgan. Qosimovning eng “sevimli” raqiblari Turkmaniston, BAA va Qatar termalaridir.
2. Aleksandr Geynrix – 31

Sasha 2002 yildan buyon bosh jamoamizdan muntazam chaqiruv olib kelmoqda. Zahirdan o‘yinga tushib, kerakli samarani keltiruvchi Geynrix hisobida 31 ta gol mavjud.
1. Maksim Shatskix – 34

“Maks” 1999-2014 yillarda termada faoliyat olib brogan Shatskix 61 o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 34 marta ishg‘ol etgan. “Maks” Xitoy Taypeyiga qarshi kechgan o‘yinda “poker”ga erishgan Shatskix O‘zbekiston termasi libosida bir o‘yinda 4 ta gol kiritgan yagona futbolchi sanaladi.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “Real”ning 7-raqam egalari
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar