Futboldagi abadiy do‘stlar

  • 31 mart, 2017, 21:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Insoniy tuyg‘ular orasida do‘stlik tuyg‘usi ajralib turadi. Odamzot baxtli damlarida ham, og‘ir kunlarida ham do‘stlar bilan birga bo‘ladi. Biz esa millionlar o‘yini bo‘lmish – futboldagi do‘stlar haqida hikoya etishni maqsad qildik.

Tecno

>>Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar

>>Bahodir Pardaevning yangi jamoasi haqida nimalarni bilasiz?

>>Bu o‘yinni albatta tomosha qiling, sababi…

5. Pike va Fabregas

Bu ikkovlon bir-birlari bilan “Barselona” klubi akademiyasida yurgan paytlarida tanishishgan. Futbolchilarga kam imkon berilgani sabab ular Angliyaga ketishga majbur bo‘lishdi. Pike “Manchester Yunayted”, Fabregas “Arsenal” bilan shartnoma imzoladi. “Ot aylanib, qozig‘ini topadi” deganlaridek, Pike birinchi bo‘lib, “Kamp Nou”ga qaytib keladi. “To‘pchilar” safida muvaffaqiyatli o‘ynagan Fabregas esa uni “Barselona”ga qo‘yib yuborishlari uchun transferining bir qismini o‘zi to‘lgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilgan. Mazkur ikki do‘st birgalikda juda ham ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritishdi. Ham “Barselona” safida, ham terma jamoada. Pike ayni vaqtda “Chelsi”da to‘p surayotgan do‘sti bilan hazillashishni xush ko‘radi. O‘z navbatida Sesk ham uning hazillariga tabassum bilan javob qaytarishni kanda qilmaydi.

>>Serxio Ramos haqida siz bilmagan faktlar

4. Ronaldu va Marselo

Har doim birinchi bo‘lishni yaxshi ko‘radigan Ronaldu bilan do‘st tutinish juda ham qiyin. Buning uchun portugaliyalik futbolchining “tilini” topa bilish kerak. Marselo esa aynan Ronaldu bilan “til topishib” ketganlardan. Zero, braziliyalik himoyachi va Ronaldu har gol urganlaridan so‘ng golni o‘zgacha nishonlashni odat qilishgan.

>>“Chelsi”ning qimmatbaho transferlari. Top-10

3. Kasilyas va Xavi

“Barselona” va “Real” futbolchilari o‘zaro qalin do‘st bo‘lgan holatlar ham futbolda uchrab turadi. Masalan, Iker va Xavi mana 20 yildan buyon bir-birlarini bilishadi va juda ham xurmat qilishadi. Ba’zan o‘ylab qolasan kishi, qani edi, yurtimizdagi barcha “Real” va “Barselona” muxlislari ham xuddi Kasilyas va Xavi singari do‘st tutinishsa…’

>>Frantsiya termasi tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar

2. Tiagu Silva va David Luiz

Ushbu braziliyalik ikki mashxur himoyachilar tabiiyki, bir-birlari bilan juda inoq do‘stlardir. Zero, Davidni “PSJ”ga aynan Tiagu taklif etgan edi. Yakunda esa ushbu transfer amalga oshib, Luiz 50 mln evroga parijliklar safini to‘ldirgan va jahonning eng qimmat himoyachi bo‘lgan edi. Ular doimo bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab kelishadi. Masalan, Braziliyadagi mundial yarim finalidagi o‘yin yodingizdami? Xa, mezbonlar uchun ma’shum yakunlangan o‘sha o‘yin. Hisob 7:1. Uchrashuvdan so‘ng Braziliya termasini o‘shanda sardor sifatida boshlab tushgan David Luizni Tiagu Silva qanday tarzda qo‘llagani yodingizdami?

>>Futbolchilar faoliyatini tugatganidan so‘ng nima bilan shug‘ullanishadi?

1. Marko Roys va Mario Gyottse

“Borussiya” akademiyasi tarbiyalnuvchilari bo‘lgan Roys Va Gyottse Dortmund klubining “oltin davri”da birgalikda ajoyib o‘yinlar namoyish etishgan edi. Keyinchalik Gyottse “Bavariya”ga o‘tib ketgan bo‘lsada, bu holat futbolchilarning do‘stligiga zarracha ta’sir etmadi. Bu borada yana o‘sha 2014 yilgi mundialni esga olamiz. Final qahramoni bo‘lgan Gyottse taqdirlash marosimida kameraga qarata o‘sha JChni jarohati sabab o‘tkazib yuborgan Marko Roysning 21-raqamli Germaniya termasidagi libosini namoyish etib, do‘stini qo‘llab-quvvatlagan edi. Xa, chin do‘stlar hech qachon bir-birini yolg‘izlatib qo‘ymaydi.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!