
“Chelsi”ning qimmatbaho transferlari. Top-10
Londonnig “Chelsi” klubi 2003-yil rossiyalik milliarder – Roman Abramovich tomonidan sotib olinganidan so‘ng yangi bosqichga ko‘tarildi. “Aristokrtalar” o‘rtamiyona jamoadan grand klubga aylandi. Bunda albatta, Abramovich transferlar uchun sarfalagan pullari ning xizmati katta. Quyida esa “Chelsi”ning o‘z tarixida amalga oshirgan eng yirik haridlari bilanj tanishtiramiz.
>>Frantsiya termasi tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar
>>Futbolchilar faoliyatini tugatganidan so‘ng nima bilan shug‘ullanishadi?
>>Buyuk darvozabonlar va ularning ajoyib-u g‘aroyib rekordlari
10. Sesk Fabregas – 33 mln evro(“Barselona”dan)
2014 yil yozgi transfer bozorida 33 mln evaziga harid qilingan Fabregas jamoa bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. Ispaniyalik futbolchi uchun ayniqsa ilk mavsum juda omadli o‘tdi. “Chelsi” safida APLda g‘olib bo‘lish bilan birga Angliya Liga kubogida ham muvaffaqiyat qozondi va mavsum so‘nggida Premer liganing eng yaxshi assistenti uchun atalgan sovringa ega chiqdi.
>>Jiru ham kurashga qo‘shildi yoxud Frantsiya termasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
9. Villian – 33.5 mln evro(“Anji”dan)
2013 yilning fevralida “Anji” safiga 35 mln evro evziga kelib qo‘shilgan braziliyalik futbolchi yarim yil dog‘istonliklar safida o‘ynagach, yozda “Chelsi” bilan shartnoma tuzdi. Villianning transferi han “aristokratlar” amlga oshirgan kam sonli muvaffaqiyatli transferlardandir. Zero, Villian bugungi kunda jarima zarbalarini qoyilmaqom ijro etishi bilan jamoasiga qimmatli ochkolarni ntaqdim etmoqda.
>>Van Gaalning “MYu”da amalga oshirgan eng yaxshi va eng yomon transferlari
8. N`Golo Kante – 35.8 mln evro(“Lester”dan)
“Lester” safida yorqin o‘yin namoyish etgan futbolchini Antonio Konte sotib olishga qaror qildi. Frantsiyalik futbolchi bilan besh yillik shartnoma imzolgan “aristokratlar” unga Ramiresdan qolgan ettinchi raqamni topshirishdi.
7. Maykl Essen – 38 mln evro(“Lion”dan)
2005 yil “Chelsi” safiga kelib qo‘shilgan Essen “aristokratlar” safida o‘zining yakkakurashlar engilmasligi bilan tezda jamoaga kirishib ketdi. “Stemford Bridj”da 2014-yilga qadar to‘p surgan ganalik futbolchini orada bir yil “Real”ga ijaraga berishdi. 2015 yil esa erkin agent sifatida Londonni tark etib “Milan” safiga borib qo‘shilgan yarim himoyachi bugungi kunda Gretsiyada faoliyat olib bormoqda.
>>Evropa termalarida eng ko‘p gol kiritgan 10 futbolchi
6. Diego Kosta – 38 mln evro(“Atletiko”dan)
2014 yil Joze Mourino Kostani o‘z jamoasi safiga qo‘shib oldi. Buning uchun esa “Atletiko”ga 38 mln evro to‘lashdi. Anashu mavsum yakunida esa Kosta APLda g‘olib chiqdi va mavsum ramziy terma jamoasidan joy oldi.
>>Ronaldu nomidagi aeroport, Maradona cherkovi va boshqalar
5. Dide Drogba – 38.5 mln evro(“Marsel”dan)
2005 yil “Marsel”dan harid qilingan kot-d`Ivuarlik futbolchi “chelsi”ning eng omadli transferidir. Zero, Drogba “Chelsi” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar borasida to‘rtinchi o‘rindadir.
4. Mishi Batshuayi – 39 mln evro(“Marsel”dan)
Kelib chiqishi kongolik bo‘lgan bo‘lgan Belgiya terma jamoasi hujumchisi “Marsel”dan Andre Ayu va Jinyak ketgach, haqiqiy etakchiga aylandi. Kuni kecha “aristokratlar” safiga qo‘shilgan Batshuayidan muhlislar yangi Drogba chiqishini kutishmoqda.
3. Eden Azar – 40 mln evro(“Lill”dan)
2012 yil Eden Azar “Lill” safidan Londonga “Chelsi” safiga ko‘chib o‘tgach, klubga tezda moslashib keta oldi. “Aristokratlar” bilan Evropa ligasida g‘olib chiqqan belgiyalik futbolchi oradan bir yil o‘tib, APLni zabt etdi. Biroq, yakunlangan mavsumda Edendan omad yuz o‘girdi.
2. Andrey Shevchenko – 43.3 mln evro(“Chelsi”dan)
2006 yil “Milan”dagi etti yillik faoliyatidan so‘ng “Stemford Bridj”ga kelgan ukrainalik futbolchi ikki yil mobaynida jarohatlari tufayli ikki bor operatsiya stoliga yotadi. Oqibatda esa Joze Mourino jamoasi asosiy tarkibidan joy olish “Sheva”ga nasib etmadi.
1. Fernando Torres – 58.5 mln evro(“Liverpul”dan)
2011 yil qishki transfer bozorining so‘nggi kunida juda katta mablag‘ evaziga “Liverpul”ni tark etgan Torres yangi jamoasida ketma-ket 14 baxsda gol urolmagan ispaniyalik hujumchi ruhiy tushkunlikka tushib qoladi. Nihoyat, 23 aprelda “Vest Xem”ga qarshi o‘yinda to‘p kiritish bilan birga yana biriga assistentlik qiladi. “Chelsi”dagi uch yillik faoliyati davomida EChL va ELda g‘olib chiqadi.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- So‘nggi daqiqalar talvasasi
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar