Serxio Ramos haqida siz bilmagan faktlar

  • 31 mart, 2017, 10:36
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kecha Madridning “Real” xamda Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos o‘zining 31 bahorini qarshi oldi. Biz esa shu munosabat bilan  Ramos haqida ko‘pchilikka noma`lum bo‘lgan ayrim faktlar bilan sizlarni tanishtirishni maqsad etdik.

>>“Chelsi”ning qimmatbaho transferlari. Top-10

>>Frantsiya termasi tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar

>>Futbolchilar faoliyatini tugatganidan so‘ng nima bilan shug‘ullanishadi?

•  Ramos “Real” safida 3 bor La ligada, ikki bor EChLda g‘alaba qozonadi. Terma jamoada esa ikki bor qit’a, bir bora esa Jahon kubogini qo‘lga kiritadi;

•  Iker Kasilyas terma jamoada raqobatni David De Xeaga boy bergach, sardorlik bog‘ichi aynan Ramosga tegdi;

>>Buyuk darvozabonlar va ularning ajoyib-u g‘aroyib rekordlari

• Ushbu mavsum avvalida “Osasuna” darvozasini ishg‘ol  etgan Serxio ketma-ket 13 mavsum La ligada gol kiritishga erishgan himoaychiga aylandi va bu borada “Atletik” sobiq himoyachisi Aytor Larrasabelni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi;

• Ramos ikkita EChL finalida gol kiritishga erishgan 3 himoyachidan biridir. Yaxshi bilasiz, Serxio 2014 xamda 2016 yilgi EChL finallarida gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi. Bundan oldin ushbu natijaga Tommi Jemmel((1967 va 1970) va Fil Nil((1977 va 1984)larga nasib etgan edi;

>>Jiru ham kurashga qo‘shildi yoxud Frantsiya termasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar

• Ushbu mavsum avvalida Norvegiyada o‘tgan UEFA Superkubogi uchun kechgan bahsda “Sevilya” darvozasini ishg‘ol etgan Ramos ham EChl, ham Klublar o‘rtasidagi JCh, ham UEFA Superkubogida gol kiritishga erishgan. Himoyachi uchun chakki emas-a?

>>Van Gaalning “MYu”da amalga oshirgan eng yaxshi va eng yomon transferlari

• Ramos xayriya ishlarida ham faol ishtirok etib keladi. 2014 yilda ispaniyalik goleador himoyachi UNICEFning elchisi bo‘lgan edi;

>>“Real”ning 7-raqam egalari

• Serxio otlarni yaxshi ko‘radi. Xususan, o‘zining qadrdon Andalusiya o‘lkasida shaxsiy ot fermasi mavjud;

• Ramos “body art”ga juda ham qiziqadi va tanasining turli qismlarida turli xildagi tatuajlarni ko‘rish mumkin. Uning barmoqlarida esa 35, 32, 19 va 90+ sonlarini ko‘rish mumkin. Ulardan dastlabki ikkisi “Sevilya”da to‘p surgan raqami bo‘lsa, 19-raqamda Ramos terma jamoasini ilk bor sardor sifatida boshlab tushgan. 90+ ni esa  ko‘pchilikka tanishtirish shart bo‘lmasa kerak;

>>Evropa termalarida eng ko‘p gol kiritgan 10 futbolchi

• Ramos shu vaqtga qadar hakamlar tomonidan 21 bor “qizil” kartochkaga “loyiq” ko‘rilgan. Shulardan 16 tasi La ligaga to‘g‘ri kelar ekan.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!