
Bu o‘yinni albatta tomosha qiling, sababi…
APLning 30-turida “Arsenal” – “Manchester Siti” to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu o‘yin oddiy o‘yinlardek o‘tib ketavermaydi. Biz esa, so‘nggi yillarda ushbu qarama-qarshilikda kuzatilgan eng qiziqarli o‘yinlarni tuzib chiqishga harakat qildik.
>>Serxio Ramos haqida siz bilmagan faktlar
>>“Chelsi”ning qimmatbaho transferlari. Top-10
>>Frantsiya termasi tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar
“Arsenal” 2–2 “Manchester Siti”. 2014 yil sentyabr
Denni Uelbek “Arsenal”da debyut golinbi kiritgan mazkur o‘yinda 4 gol kiritilgan. Darvozalar tomon 30 bor zarba yo‘llangan va qizil kartochka albatta. Bu siz iloji yo‘q.
>>Futbolchilar faoliyatini tugatganidan so‘ng nima bilan shug‘ullanishadi?
“Manchester Siti” 6–3 “Arsenal”. 2013 yil dekabr
Bunday hisob, xokkey o‘yinlarida ham qayd etilmay qo‘yganiga, ancha bo‘ldi. 2013/14 yilgi mavsumda “Ittixod”da kechgan o‘yinda oz emas, ko‘p emas 9 bor gol kiritilgan. Fernandino xamda Teo Uolkottlar o‘yinda “dubl”ga erishadilar.
>>Buyuk darvozabonlar va ularning ajoyib-u g‘aroyib rekordlari
“Manchester Siti” 4 – 2 “Arsenal”. 2009 yil dekabr
37 mln funtga “Arsenal”dan harid qilingan Kolo Ture xamda Adebayorlar “shaharliklar” tarkibida maydonga tushgan o‘yinda mezbonlar “to‘pchilar”ni ishonchli hisobda mag‘lub etishning uddasidan chiqishgan. E’tiborlisi, Adebayor sobiq jamoasiga qarshi bahsda gol kiritgach, uni nishonlagani londonlik ishqibozlarning g‘azabini keltirgan edi.
>>Jiru ham kurashga qo‘shildi yoxud Frantsiya termasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
“Manchester Siti” 1 – 5 “Arsenal”. 2003 yil fevral
Anri, Bergkamp, Vieyra kabi futbolchilarga ega bo‘lgan “Arsenal” u vaqtlarda o‘rtamiyona bo‘lgan “Siti”ni mehmonda tor-mor etgan edi. Albatta, Anelka, Pires kabi futbolchilari bor “Arsenal” oldida o‘sha vaqtlardagi “Siti” orasida ancha-muncha farq bor edi.
>>Van Gaalning “MYu”da amalga oshirgan eng yaxshi va eng yomon transferlari
“Arsenal” 4–0 “Manchester Siti”. 2000 yil oktyabr
2000 yilning oktyabr oyida “Xayberi”da kechgan o‘yinda ham “to‘pchilar” kamtarona “Siti”ni sira ayab o‘tirishmagan – 5:0. O‘zi, “Arsenal” “Manchester Siti”ga sarmoya kiritilganidan buyon “shaharliklar”ga aytarli qarshilik ko‘rsata olishayotgani yo‘q.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “Real”ning 7-raqam egalari
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar