Janubiy Koreya klublarida to‘p surgan o‘zbek futbolchilari

  • 31 mart, 2017, 22:15
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Bahodir Pardaev faoliyatini Janubiy Koreyaning “Bucheon” klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Biz esa shu munosabat bilan ushbu mamlakatda to‘p surgan futbolchilarimiz bilan sizlarni  tanishtiramiz.

>>Futboldagi abadiy do‘stlar

>>Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar

>>Bahodir Pardaevning yangi jamoasi haqida nimalarni bilasiz?

Server Jeparov

Koreyada to‘p surgan ilk o‘zbek futbolchisi aynan Jeparovdir. Sever 2010 yil “Seul” klubiga o‘tadi va poytaxt klubida ikki mavsum to‘p surib, mamlakat chempioni va liga kubogi g‘olibi bo‘ladi. Jeparov shunigdek, 2013 yilda “Seongnam Ilva”, 2015 yilda esa “Ulsan Xyonde” klublarida ham to‘p suradi. Jumladan, “Seongnam” safida mamlakat kubogida g‘olib bo‘ladi.

>>Bu o‘yinni albatta tomosha qiling, sababi…

Temur Kopadze

Kopadze 2011 yilgi Osiyo kubogidan so‘ng “Inchxon Yunayted”  jamoasiga o‘tadi. O‘rtamiyona jamoa sanaladigan mazkur klub safida hamyurtimiz faqat bir mavsum to‘p suradi xolos.

>>Serxio Ramos haqida siz bilmagan faktlar

Aleksandr Geynrix

Sasha ham Qatarda o‘tgan qit’a birinchligidan so‘ng faoliyatini Janubiy Koreyada davom ettiradi. “Paxtakor” uni ijara asosida “Suvon Blyuingz” jamoasiga beradi. Ushbu klubda bir mavsum to‘p  surgan Geynrix 23 ta bahsda 3 bor gol kiritishga erishadi va jamoani kubok finaliga chiqishiga katta xissa qo‘shadi.

>>“Chelsi”ning qimmatbaho transferlari. Top-10

Bahodir Nasimov

Ushbu mavsum avvalida Janubiy Koreyaning birinchi divizionida faoliyat olib boradigan boshqa bir jamoa – “Ansan Griners” safiga borib qo‘shilgan Bahodir Nasimovni ham aytish yoddan ko‘tarilmasin. Nasimov “Ansan” tarixidagi ilk golning muallifi sanaladi.

>>Frantsiya termasi tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar

Bahodir Pardaev

Koreyadagi Bahodirlar soni yana bittaga oshdi. Pardaev yuqorida ta’kidlaganimizdek, “Bucheon” bilan shartnoma imzoladi va jamoada to‘p suradigan bo‘ldi. Koreyadagi faoliyatida esa Pardaevga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!