“Portu”ning qimmatbaho sotuvlari
O‘tgan safar siz aziz muxlislarni “PSJ”, “Tottenxem”, “Manchester Siti”,"Arsenal", “Everton” va "Chelsi" jamoalari tarixidagi eng qimmatbaho sotuvlar bilan tanishtirgan edik. Bugun, mazkur turkumdan o‘rin olgan navbatdagi jamoa bilan sizlarni tanishtiramiz. Demak, “Portu”ning qimmatbaho sotuvlari.
- Bizga titul homiy kerak emas…
- Mundial nimaligini bilmagan yulduzlar
- “Bavariya”da porlashi kutilgan ammo bunday bo‘lmagan 5 futbolchi
5. Anderson – 31,5 mln evro

18 yoshida 7 mln evro evaziga “Gremio”dan taklif etilgan Anderson “Portu”da bor-yo‘g‘i bir mavsum to‘p suradi. Ammo shunga qaramasdan “Manchester Yunayted” skautlari uni salkam 32 mln evroga sotib oladi. Biroq uning Angliyadagi muvaffaqiyatli o‘tdi deyish qiyin. Bu esa alohida mavzu.
4. Jekson Martines – 35 mln

2012 yil 11 mln evro evaziga “Portu” safiga kelib qo‘shilgan Martines Xalk va Falkao jamoani tark etgach, asosiy figuraga aylandi. “Dragau”dagi 3 yil davomida 94 ta to‘p kiritgan kolumbiyalik forvardni 2015 yilning yozida yana Falkao o‘rniga “Atletiko”ga transfer qilinadi.
3. Radamel Falkao – 40 mln

2009 yilning yozida “River Pleyt”dan kelib qo‘shilgan Falkao “Portu”da bor-yo‘g‘i ikki mavsum o‘ynaydi xolos. Ammo shunday qisqa davr mobaynida 72 ta gol urgan Falkaoni “Atletiko” mutasaddilari Agueroning o‘rniga 40 mln evro evaziga jamoaga taklif etishadi.
2. Xalk – 40 mln

Xalkni Yaponiyadan Portugaliyaga olib kelish uchun 2008 yil 19 mln evroni ayashmagan edi sinchkov “Portu” skautlari. “Ajdarlar” safida to‘rt mavsum to‘p surgan Xalk 77 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ladi. 2012 yilda esa “Zenit” uning uchun 40 mln evroni ayamaydi.
1. Xames Rodriges – 45 mln

2010 yilning yozida “Banfild”dan 5,1 mln evro evaziga “Portu”ga taklif etilgan Xames jamoa safida 3 mavsum to‘p suradi. Bu vaqt oralig‘ida 105 bellashuv o‘yin o‘tkazgan kolumbiyalik futbolchi “Portu” raqiblari darvozasini 32 marta ishg‘ol etadi va uni 2013 yilning may oyida “Monako” 45 mln evro evaziga sotib olganini e’lon qilgan edi.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
- EChLdan maktabdagi imtihon muhim!!!
Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar