“Real” akademiyasidan ham kuchli futbolchilar chiqadi

  • 31 mart, 2017, 23:04
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Ko‘pchilikda “Real” akademiyasidan hech qanday futbolchi chiqmaydi” degan fikr mavjud. Ammo “qirollik klubi” tarkibiga nazar tashlar ekanmiz, jamoa safida klub akademiyasidan etishib chiqqan bir nechta futbolchilarni ko‘rishimiz mumin.

>>“Tillari biyron” Pikedan o‘ziga xos iqtiboslar

>>Janubiy Koreya klublarida to‘p surgan o‘zbek futbolchilari

>>Futboldagi abadiy do‘stlar

Nacho

Nacho 2001 yilda 11 yoshida klub tizimiga kelib qo‘shiladi va 2009 yilga qadar yoshlar tizimida faoliyat yuritadi. Aynan o‘sha yildan boshlab esa u “Kastilya”da o‘ynay boshlaydi va 2011 yilga qadar aynan “Real”ning ikkinchi jamoasida to‘p surgan Nacho aynan o‘sha yildan e’tiboran bosh jamoada to‘p surib kelmoqda.

>>Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar

Dani Karvaxal

Bugungi “Real”ning o‘zgartirib bo‘lmas bo‘lgan futbolchilaridan biri bo‘lgan Karvaxal ham klub yoshlar tizimidan chiqib kelgan. 2002 yilda klub yoshlar tizimiga kelgan Karvaxal 2010 yilda “Kastilya”ga o‘tkaziladi. 2012 yilda esa “Bayer”ga  ko‘chib o‘tgan Dani Germaniyada har jihatdan o‘sishga erishdi va “Real” uni bir yildayoq ortga qaytarishga qaror qiladi.

>>Bahodir Pardaevning yangi jamoasi haqida nimalarni bilasiz?

Lukas Vaskes

Lukas esa 2007 yilda “Real” akademiyasiga kelgan. 2010 yilda esa uni uchinchi jamoaga, 2011 yilda esa “Kastilya”ga taklif etilgan Lukas ikkinchi jamoa safida 3 mavsum to‘p surgach, u “Espanol”ga ijaraga beriladi va kataloniyaliklar safidagi bir mavsumdan so‘ng esa uni darxol ortga qaytarishadi. Klub boshqaruviga Zidan kelgach esa Lukas asosiy futbolchilardan biriga aylandi va Beyl jarohat olib, o‘ynay olmagan paytda uning o‘rnini aynan Vaskes egalladi.

>>Bu o‘yinni albatta tomosha qiling, sababi…

Alvaro Morata

Morata futboldagi ilk saboqlarini “Atletiko”da, so‘ng “Xetafe” va nihoyat “Real”da oladi. 2010 yilda “Kastilya”ga o‘tkazilgan Alvaro o‘sha mavsumning o‘zidayoq bosh jamoada ham debyut qiladi. EChLdagi 10 chempionlik qo‘lga kiritilishiga o‘z xissasini qo‘sha bilgan Morata 2015 yilda “Yuventus”ga sotib yuborilgan Moratani Zidan ushbu mavsum avvalida yana ortga qaytarishga qaror qildi.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!