
“Tillari biyron” Pikedan o‘ziga xos iqtiboslar
“Barselona” klubi himoyachisi – Jerar Pike yana omma etiboriga tushdi. Bu safar ham ispaniyalik himoyachi azaliy raqib – “Real”ni “tuzladi”. Biz shu munosabati bilan Pike tomonidan aytilgan sara fikrlarni yodga olishga qaror qildik.
>>Janubiy Koreya klublarida to‘p surgan o‘zbek futbolchilari
>>Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
“Real”ning transfer siyosatini tanqid qiladi. 2013 yil
“Real” 2002 yildan buyon 1,2 mlrd evro transferlar uchun pul sarf etibdi. Ammo, Messi, Xavi, Inesta, Pedro, Buskets, Puyol va Valdes kabilar tekinga kelgan. Albatta, “Barselona” ham transferlar uchun oz pul sarf etmaydi. Vilya, Ibragimovich, Neymarlar shular jumlasidan. Lekin biz sovrinsiz o‘tgan mavsumdan so‘ng , Isko, Ilyaramendi va Beyl kabi futbolchilarni sotib olmaganmiz”.
“Real” “Elche” 97-daqiqada belgilangan penalti evaziga”.ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonganidan so‘ng. 2013 yil
“Ispaniya chempionatida ajoyib komediyani tomosha qildim".
“La Masiya” Messi, Puyol, Xavi, Inesta, Pedro va Valdes singari futbolchilarni etishtirib berdi. “Real” esa 3 ta futbolchi uchun 160 mln evro sarf etdi”(“Real”ning siyosati to‘g‘risida, 2013 yil).
>>Bahodir Pardaevning yangi jamoasi haqida nimalarni bilasiz?
UEFA Superkubogidagi g‘alabadan so‘ng . 2015 yil
“Keling, yigitlarni tabriklaylik. Madrid esa bizning g‘alabani qanday nishonlashimizni tomosha qilsin”.
>>Bu o‘yinni albatta tomosha qiling, sababi…
Arbeloa haqida. 2015 yil
“Arbeloa meni do‘stim deb aytdi? Men uni shunchaki tanish sifatida bilaman, do‘st emas”.
“Real”ning EChLdagi g‘alabasi haqida. 2016 yil
“Real” EChLni yutishi men uchun yoqimsiz bo‘ldi. Men o‘yinni Los-Anjelesda kuzatdim va Ramosning golidan so‘ng televizorni uloqtirib yubordim”.
>>Serxio Ramos haqida siz bilmagan faktlar
Messi va Ronaldu haqida
“Bilishimcha, ularning har ikkisi ham betakror. Biz faqat Jahonning eng yaxshi futbolchisi haqida emas, balki, butun futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilar haqida gapiryapmiz. Messiga o‘xshash iqtidor hech kimda yo‘q. Men Messini inson deb bilmagan bo‘lar edim. Odamlar orasida esa Ronaldu eng yaxshisi”.
>>“Chelsi”ning qimmatbaho transferlari. Top-10
“Real”ning 2015/16 yilgi mavsumda EChLdagi ishtiroki haqida
“Oson guruh”. 1/8 finalda Italiyaning uchinchi, chorak finalda Germaniyaning sakkizinchi, yarim finalda esa Angliyaning to‘rtinchi jamoasi bilan. Yana ular javob bahsini har safar o‘z uylarida o‘tkazishdi.
Hakamlik to‘g‘risida
“Real” hakamlar tufayli 8 ochko ko‘proq jamg‘ardi”. Ular bizni 4 ochkodan mahrum qilishgan bo‘lsa, madridliklarga 4 ochko ulashishgan”.
“PSJ”ga qarshi kambek va Ramosning ofsaydi haqida
“Biz tarixiy kambekni amalga oshirdik. Siz esa hakamlikni gapirasiz. EChL finalida Ramos kiritgan goldagi ofsaydni esa hech kim eslamaydi va hamma jim”.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “Real”ning 7-raqam egalari
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar