Fayzullaev chempionlik, “Bavariya” va Evropaga ketish haqida gapirdi

O‘tgan yilning avgust oyida TsSKAga ko‘chib o‘tganidan keyin Abbosbek Fayzullaev  qisqa fursatda yangi jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biri darajasiga ko‘tarildi.  

Kreativ o‘yin uslubi bilan hujumkor futbolchimiz mutaxassislar e’tiborini o‘ziga jalb qilish barobarida rossiyalik muxlislar yoqimtoyiga ham aylandi.

Qolaversa, Abbosbek Fayzullaev ommaviy axborot vositalari vakillarining doimiy e’tibori va e’tirofida.

Rossiya Premer-ligasining 23-turida legionerimiz “Fakel” darvozasini ishg‘ol qilib, “armiyachilar”ning 4:1 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. Bu g‘alabadan keyin TsSKA musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Rossiyaning “RB Sport” sayti Abbosbek Fayzullaev bilan suhbatlashib, uning mavsumga qo‘ygan maqsadlari bilan qiziqdi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga ushbu intervyuni havola etadi.

- Sizni muxlislarning katta guruhi qo‘llab-quvvatlab turadi va ular uchrashuvdan keyin personal tarzda e’tibor kutadi. O‘zingizni muxlislarning yoqimtoyi, deb his qilasizmi?

- Muxlislik qilishayotgani, qo‘llab-quvvatlashayotgani uchun rahmat aytaman, bu juda yoqimli.

- O‘yiningizda biroz pasayish kuzatilgandi, hozir hammasi o‘z o‘rniga tushgandek...

- Bu pasayish emasdi, men tiklanish jarayonini boshdan o‘tkazdim.

- Tiklanish zarurati nima bilan bog‘liq edi?

-  O‘tgan yili juda ko‘p o‘yin bo‘ldi. Juda ham ko‘p. Toliqib qoldim, bu ruhiy jihatdan ham og‘ir. Shundan keyin murabbiylar hordiq chiqarishga imkon berdi va hozir hammasi yaxshi.

- Sizdan muntazam “Bavariya” haqida so‘rashadi. Bu nima?

- Men bu haqda o‘ylamaslikka harakat qilaman. TsSKA bilan shartnomam mavjud va bor e’tiborim shunga qaratilgan.

- Bir orzu qilib ko‘rsangiz, qaysi chempionatda o‘ynashni istardingiz?

- Ispaniyada.

- Sizningcha, TsSKA hali ham chempionlik poygasida ishtirok etyaptimi?

- Menimcha, ha. Biz birinchi o‘rin uchun kurasha olamiz. O‘yinimiz o‘xshayapti, o‘ylashimcha, har bir o‘yinda uch ochkodan olsak, chempionlik uchun kurashish mumkin.

- “Zenit”ni yutish mumkin, deb hisoblaysizmi?

- Ha.

Shomurodov o‘zini ko‘rsatmaganda muxlislar meni “o‘ldirib” qo‘yardi!

Fayzullaev o‘ziga keldi!

Shomurodovning bir o‘zi raqib himoyasini titratdi. Legionerimiz o‘yini qanday baholandi?

Gol urgan Yaxshiboev jamoasini chempionlik kurashiga qaytardi, o‘zi esa...

Gol urgan Fayzullaevning o‘yini qanday baholandi? Abbos uchrashuvdan keyin nimalar dedi?

Fayzullaev supergol urib, yubiley g‘alabani ta’minladi

Shomurodov boshqa darajadagi futbolchi. Eldorga yuqori baho berishdi!

Legionerimiz “sir”ni ochmadiO‘zbekiston hali hech kimga nasib qilmagan ishni uddalashi kerak

Shomurodovga imkon berilmayapti

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!