"Milan" futbolchisida koronavirus aniqlandi

"Milan" himoyachisi Leonardo Duarteda COVID-19 aniqlandi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi karantinga olingan.

Duarte bilan "kontakt"da bo‘lgan klubning qolgan futbolchilari va jamoa xodimlari topshirgan testlar manfiy natijalarni ko‘rsatgan.

Jamoaning Evropa ligasi 2-saralash bosqichi doirasida "Bude-Glimt" klubiga qarshi uchrashuvidan oldin, futbolchilardan yana bir bor test olinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!