
"Shaxtyor" BAAga Ubaydullaevni ham olib ketdi
Belarusning "Shaxtyor" klubi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashish uchun BAAga uchib ketdi.
Avvalroq, soligorskliklar o‘z tarkibiga O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Shahzodbek Ubaydullaev qo‘shib olgandi. "Shaxtyor" BAAga Ubaydullaevni ham olib ketdi.
Belarus chempioni mazkur yig‘in davomidagi ilk nazorat uchrashuvini 21 yanvar kuni "Dinamo" (Kiev) jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar