Deku Portugaliyaga keldi: "Barsa"ga ikki futbolchini olib ketmoqchi
«Barselona» yozgi transfer oynasi yopilguncha yangi markaziy hujumchi olish niyatida. «Atletiko Madrid»dan argentinalik forvard Xulian Al'varesni olish bo‘yicha urinishlar samara bermagani uchun klub rahbariyati boshqa variantlarga o‘tgan.
RAC1 va Sport nashrlarining xabar berishicha, juma kuni klubning sport direktori Deku Portugaliyaga uchib ketgan. U yerda u kim bilan aniq uchrashi rejalashtirilgani ochiqlanmagan.
Shu bilan birga, matbuotda kataloniyaliklar Portugaliya chempionatida to‘p surayotgan bir qator hujumchilar, jumladan «Sporting» forvardi Luis Suarez va «Benfika» hujumchisi Vangelis Pavlidis bilan qiziqayotganligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan.
Bundan oldin «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish masalasini Deku hal qila olishiga ishonch bildirgan edi.

Fikrlar