"Real" - PSJ: Tomonlar necha marta to‘qnash kelgan? O‘zaro o‘yinlarda kim ustun?

  • 13.12.2021 21:13
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichiga qur’a tashlandi.

Qiziqarlisi, Chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan "Real" va PSJ aynan shu bosqichda to‘qnash keladigan bo‘ldi. Bungacha tomonlarning yo‘li 6 bor kesishgan.

Ya’ni, 2018 yil xuddi shu bosqichda "Real" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:2 (1:2, 3:1) hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l olgandi.

Shuningdek, jamoalar 2019 yilning guruh bosqichida to‘qnash kelgan va dastlabki bahs parijliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugagan. Javob o‘yinida durang qayd etilgan, 2:2.

Yana ikki o‘yin 2015/16 yilgi mavsum guruh bosqichiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda madridliklar birinchi bellashuvda murosa ko‘chasini tanlagan bo‘lsa, ikkinchi uchrashuv "qirollik klubi"ning 1:0 hisobida zafar quchgan.

Umumiy hisobda "qaymoqranglilar" 3, PSJ 1ta g‘alabaga erishgan, qolgan 2 o‘yinda kuchlar teng kelgan. "Real" 8ta, Parij klubi 7ta gol urgan.

Dastlabki o'yinlar 2022 yilning 15-16 va 22-23 fevral kunlariga, javob o'yinlari 8-9 va 15-16 mart kunlariga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!