
Tezkor! APL to‘xtatilishi mumkin
Angliya Premer-Ligasida bir hafta ichida koronavirus bilan bog‘liq 42ta holat qayd etildi. "Sky Sports" nashrining xabariga ko‘ra, bu liganing antirekordi hisoblanadi.
"Daily Mail"ning qo‘shimcha qilishicha, Angliyada joriy mavsumni to‘xtatish muhokama qilinmoqda. “Tottenxem”, “Manchester Yunayted” va “Aston Villa” jamoalarida koronavirus o‘chog‘i aniqlangan. Qolgan klublar bundan xavotirda.
Liga allaqachon bir nechta o‘yinlarni qoldirdi va koronavirus bilan bog‘liq eski qoidalarni kuchaytirdi.
Fikrlar