Kutilmagan mag‘lubiyat Gukesh uchun qimmatga tushdi

  • 18.09.2026 16:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempioni D. Gukesh Samarqanddagi 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 2-turidagi durangdan so‘ng 2700 ELO reytingidan pastga tushib ketdi.

Hindiston terma jamoasi Indoneziyaga qarshi bahsda 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozoangan bo‘lsa-da, 4-taxtada o‘ynagan Gukesh indoneziyalik Satria Duta Sahaya bilan durang qayd etdi. Natijada uning jonli reytingi 2699,5 ga tushdi. Bu Gukeshning so‘nggi to‘rt yil ichida ilk bor 2700 reyting chegarasidan pastlashi bo‘ldi. 

Shu tariqa, Gukesh ayni vaqtda jonli reytingda 32-o‘rinda turibdi. Gukeshning eng yuqori reytingi 2794 bo‘lib, u bu natijaga 2024 yil oktyabr oyida erishgan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!