Jasur Jaloliddinov: Ularning kayfiyati bizning o‘yinimizga bog‘liq. Hozir final haqida o‘ylashga erta

  • 10 iyun, 2022, 13:23
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov ertaga bo‘lib o‘tadigan Iroqqa qarshi Osiyo Kubogi chorak finalidan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Jasur bugun "Bunyodkor" stadionida tashkil etilgan matbuot anjumanida oson raqib yo‘qligi va jamoa yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani haqida gapirdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Bu erda oson raqib bo‘lmaydi. Iroq ham kuchli jamoa. Shunga yarasha biz ham munosib tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Yarim finalga yo‘l olish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Bizda hozir katta bosim yo‘q. Muxlislarimizga faqat g‘alaba kerak. Ularning kayfiyati bizning o‘yinimizga bog‘liq. Har bir g‘alabamizda ularning qo‘llab-quvvatlashini his qilyapmiz. Chorak finalga chiqib, birdan final haqida o‘ylaydigan payt emas. Bu vaziyatda kontsentratsiyani yo‘qotib, mag‘lubiyatga uchrash hech gap emas. Shu bois hozir final haqida o‘ylashga erta, - dedi jamoa sardori.

Timur Kapadze: Iroq bilan o‘yin taqdiri ekstra taymlarda hal bo‘lishi mumkin

IMG_1765

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!