"Neftchi" Bolgariya klubini ishonchli hisobda mag‘lub etdi
Turkiyaning Antalya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borayotgan "Neftchi" bugun navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Bolgariyaning "Septemvri" jamoasiga qarshi kechgan o‘yin vakillarimizning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga etdi. Farg‘onaliklar tarkibida Larin hisobni ochuvchi golga mualliflik qilgan bo‘lsa, Ulug‘bek Hoshimov dubl qayd etdi. Bolgariyaliklar safida Chandrov bir bor darvozaga yo‘l topdi.
"Neftchi": 1.V. Nazarov, 3. A Mishenko (Rahmonjon Ro‘ziev 46), 2. A Larin (Muhsin Ubaydullaev 46), 4. Z.Jo‘raboev (Nodirxon Ne’matxonov), 6. E.Batyushin (A.Olimov), 7. M. G‘ofurov, 10. N.To‘xtasinov , 8.D.Turopov, 5. A.G‘ulomov (Umar Adxamzoda 46), 22. Toma Tabatadze (Ulug‘bek Hoshimov 46), 9. O.Sharkich (Izzatillo Abdullaev 46).
"Neftchi" klubi matbuot xizmati



Fikrlar