"Buxoro" - "Olimpik" o‘yinida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan Komil Rasulov umrbodga futboldan chetlatildi!

  • 11 noyabr, 2023, 14:01
  • 2
  • Futbol

O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan “Buxoro” - “Olimpik” uchrashuvida bahs bosh hakami 100-daqiqada penalti belgiladi va bu uchrashuv natijasiga ta’sir qildi.

Ushbu holat yuzasidan O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspektsiyasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida bosh hakam Komiljon Rasulov VAR takrorlarini ko‘rish uchun monitor oldiga kelgan vaqtida butun boshli “Buxoro” jamoasining murabbiylar shtabi hamda zaxira o‘yinchilari unga halaqit berib, turli kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagani ma’lum bo‘ldi. Shu tufayli, bosh hakam VAR monitorini ko‘rib, xato qilayotganini bilsa ham hissiyotlarga berilib, “Buxoro” darvozasiga penalti belgilagan. Komiljon Rasulov o‘z tushuntirish xatida aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qasddan, hissiyotlarini jilovlay olmay, noto‘g‘ri qaror chiqarganligi uchun o‘z pushaymonligini bildirib o‘tdi.

Aniqlangan holat yuzasidan keltirilgan barcha dalillarga ko‘ra, bosh hakam Komiljon Rasulov qoidalarga zid qo‘pol xatosi tufayli Hakamlar tartib-intizom kodeksining 4.3-bandiga muvofiq futbol hakamligidan umrbodga chetlatildi.

O‘zFHM

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
11/11/2023 15:14
Уни четлатилишидан Бухорога нима фойда кейин шу Расулов деган ифлос кечиримни онасини бир жойига тикиб куйсин уни кайта футболга чикиши купам кийин эмас фамилиями узгартиради яна ишлаб юради ахир футболки рахбари ИИВазирику
&
Уз мабаел
11/11/2023 15:12
БУНИ КАЙТАР ДУНЁ ДЕЙДИЛАР. БУХОРО НЕФТЧИ УЙИНИНИ ЭСЛАНГЛАР УЗИГА КАЙТИМИ