
Ispaniyaning ayrim klublari Superliga taklifini rad qildi
Xabaringiz bor, Evropa sudi Superliga foydasiga qaror chiqardi va turnir o‘tkazilishi uchun katta imkoniyat eshiklari ochildi. Endilikda UEFA va FIFA ushbu chempionatda ishtirok etishni istagan klublarga hech qanday sanktsiyalar qo‘llay olmaydi.
Ammo Superliga taklifini rad qilgan klublar ham yo‘q emas. Hozircha "Valensiya", "Vilyarreal", "Kadis", "Granada", "Levante" kabi jamoalar o‘z sahifasi orqali turnirda ishtirok etmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda bo‘lgan voqealardan keyin ikkita klub Superligada qolgan. Bular "Real" va "Barsa".
Fikrlar