
Osiyo Kubogi. Qatar - O‘zbekiston uchrashuvi qachon o‘tkaziladi?
Osiyo kubogi nimchorak finali doirasida O‘ZBEKISTON va Tailand terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda vakillarimiz 2:1 hisobida zafar quchdi.
Hamyurtlarimiz safida gollarga Aziz Turg‘unboev va Abbos Fayzullaev mualliflik qildi. Nominal mehmonlarning yagona golini Sarachat chiroyli tarzda kiritdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi. Keyingi bosqichda "oq bo‘rilar"ga mezbon Qatar terma jamoasi raqiblik qiladi. Mazkur bellashuv 3-fevral kuni soat 20:30da start oladi.
Fikrlar