Tezkor! Oston O‘runovning "Persepolis"dagi debyuti qachon bo‘lishi ma’lum

Eronning "Persepolis" klubi bilan shartnoma imzolagan Oston O‘runov yangi jamoasi safida qachon debyut qilishi aniq bo‘ldi. 

Ma’lum bo‘lishicha, u klub bilan ro‘yxatdan o‘tish masalasini to‘la hal qilgan. Shu tariqa, uning debyuti tehronliklarning keyingi bahsida bo‘lib o‘tadi. 

Mazkur to‘qnashuv "Zobaxan"ga qarshi o‘tkaziladi va ushbu bahs 28 fevral kuni 18:45 da start olishi ko‘zda tutilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!