
O‘zbekiston yoki Eron chempionati? Masharipov fikr bildirdi
O‘zbekiston terma jamoasi "Jar" stadionida "JCh-2026 saralashi" doirasidigi Turkmaniston va Eronga qarshi uchrashuvlar uchun mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Kecha yig‘ingd qatnashmagan Jaloliddin Masharipov bugun keldi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.
- Avvalambor, assalomu alaykum! Bugundan terma jamoa safiga kelib qo‘shildim. Kecha kelmaganimning sababi kichik muammolar bor edi. Buni murabbiylar bilardi. Menda hammasi yaxshi. Keyingi bosqichni hal qildik. Biroq Turkmaniston bilan o‘yin kerak emas, degani emas. Qo‘shnilarimiz bilan bellashuvda muxlislarni xursand qilishimiz kerak. Ular terma jamoaning o‘yinini sog‘ingan va biz buni aniq bilamiz.
- Eronliklar O‘zbekiston terma jamoasiga juda ham iliq munosabatda. Osiyo kubogida aytgandim va bu o‘z kuchida qoladi: Hozir bizdan hamma qo‘rqadi. Eron terma jamoasi futbolchilarining o‘zi buni tan oldi. O‘ylashimcha, ayni damda Osiyoning har qanday jamoasi bilan qo‘rqmasdan o‘ynay olamiz. Buni "Ozodiy"da ham ko‘rsatamiz.
O‘zbekiston va Eron terma chempionatining qanday o‘xshash va farqli jihatlari bor ekan?
- Eronda o‘ynab shuni bildimki, terma jamoasi qanday agressiv harakat qilsa, chempionati ham shunday. Hatto, birinchi o‘rinda ketayotgan jamoa ham oxirgi o‘rindagi klub bilan o‘ynasa, aniq yutaman, deya olmaydi. Biz ham birinchi o‘rinda ketayotgandik. Uyimizda durang o‘ynab qo‘ydik va chempionlikni qo‘ldan boy berdik.
- O‘zbekistonda esa muxlislik rivojlandi. "Andijon" muxlislarni hammani uyg‘otdi.
Eron terma jamoasining etakchi futbolchilari Ramin Rizoyan, Said Izzatullohi, Cheshmi kabilar bizga qarshi o‘ynamaydi. Bu bizga qanchalik yordam beradi?
- Eronda ko‘p futbolchilar Evropada klublarida, xususan, Izzatullohi Dubayda o‘ynaydi. Evropadagi o‘yinchilar turganda, u olinmasligi aniq. Ramin esa hozirda 35 yosh, uning o‘rniga "Istiqlol" ning o‘ng qanot himoyachisi Armin chaqirildi. Uni Raminning o‘rniga tayyorlashni boshlashdi.
- Eron keyingi bosqichni o‘ylab, jamoani yoshartirishni boshladi. Lekin Cheshmi, darvozabon Sayid kabi o‘yibchilar hali jamoaga kerak, deb o‘ylayman. Sababi, ular hozir 30 yoshda. Bu yoshdagilar futbolda katta hisoblanmaydi. 34 dan keyin o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi, lekin 30-31-32-33 yoshdagi futbolchilar terma jamoaga ham klubga kerak bo‘ladi. Ular yosh o‘yinchilarga o‘rnak bo‘ladi.
- Ikkita o‘zbek futbolchisi Eron chempionatida zo‘r kurash olib bordi. Kurash davomida o‘zaro aloqalar bo‘ldimi?
- Oston meni tepamdagi xonadonda yashaydi. Biz o‘zbek futbolchilarini qandayligini ko‘rsatib, o‘zbek o‘yinchilariga bo‘lgan hurmatni oshirdik. Buni aniq bilamiz. Sababi, u erdagilar biz haqimizda iliq fikrda. "Persepolis" muxlislari Oston haqida, "Istiqlol" muxlislari esa men haqimda. Bu esa o‘zbel futboliga faqatgina ijobiy, deb bilaman. Xattoki o‘zbek futbolchilariga Eron klublarlari qiziqish bildirib meni o‘zimdan ham so‘rashdi.
- Instagramdagi sahifangizda Olimpiadaga chaqirishsa, jon deb boraman, lekin asosiy maqsad Jahon Chempionati dedingiz. Hamon ham shunday fikrdamisiz?
- Endi Olimpiada bo‘ladimi, Jahon Chempionati bo‘ladimi, biz vatan uchun hech qachon orqaga yurmaymiz.
- O‘zingizda qiziqish bormi?
- Albatta, imkoni bo‘lsa, boramiz.
- Ta’til qachon tugaydi va "Istiqlol"ga qachon qaytishingiz kerak?
- Ta’til bizga tugadi. Qachon qaytishimiz hali aytilmadi. Aytilsa, shunga qarab reja qilamiz
Fikrlar