
Konte: "Kvaratsxeliya jamoani tark etishni istayapti"
"Napoli" futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliya jamoani tark etishni istamoqda. Buni neapolliklar bosh murabbiyi Antonio Konte ham tasdiqladi.
"Xvicha klubdan ketishni so‘ramoqda. Men u bilan gaplashdim va jamoani tark etishni xohlayotganini aytdi", - deydi italiyalik mutaxassis.
Kvaratsxeliya uchun hozir jiddiy kurashayotgan jamoa bu PSJ bo‘lib turibdi. Tez orada muzokaralar boshlanishini mumkin. Xvichaning ayni paytdagi transfer narxi 85 million evroni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, gruziyalik futbolchining "Napoli" bilan 2027 yilgacha amal qiladigan shartnomasi bor. Vinger ushbu mavsum klub tarkibida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.
Fikrlar