O‘zbekiston — Eron uchrashuvida ishlaydigan hakamlar brigadasi e’lon qilindi
FIFA kunlari doirasidagi oʻrtoqlik oʻyinidan oʻrin olgan Oʻzbekiston va Eron milliy terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv rasmiylari maʼlum boʻldi.
Mazkur bahsni rossiyalik FIFA hakami Kirill Levnikov boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Dmitriy Ermakov va Andrey Vereteshkin yordam beradi.
Eslatib oʻtamiz, milliy terma jamoamizning Eronga qarshi uchrashuvi 24 sentabr kuni "Istiqlol" stadionida boʻlib oʻtadi.

Fikrlar