"Neftchi"ning sobiq futbolchisi murabbiy sifatida qaytdi

  • 28 aprel, 22:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bir vaqtlar "Neftchi" tarkibida himoyachi ampluasida to‘p surib, muxlislar e’tiborini qozongan Abdumajid Toirov yana "Neftchi"ga qaytdi. U yoshlar bilan ishlash tizimi rahbari hamda U-19 va U-21 jamoalari koordinatori sifatida faoliyat yuritadi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, Abdumajid Toirov 1974 yil 5 avgust kuni Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Futbolchi sifatida 21 yoshida O‘zbekiston oliy ligasida debyutini 1996 yili ASK (Termiz) klubida boshlagan. Futbolchi klub bilan to‘rt mavsumni o‘tkazdi va 60 ta o‘yinda ishtirok etdi.

2000 yilda esa u o‘sha davrning eng kuchli klublaridan biri – Farg‘onaning "Neftchi" jamoasiga o‘tib, 6 mavsum davomida 160 dan ortiq o‘yinda maydonga tushdi. 2001 yilda mamlakat chempioni va to‘rt karra kumush medali sovrindori, uch karra O‘zbekiston Kubogi finalchisi bo‘lgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!