"Mash’al" yozgi yig‘inni boshladi. Ikki nafar o‘yinchi tark etdi

  • 11 iyul, 22:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birinchi davrani 12-o‘rinda yakunlagan Muborakning “Mash’al” klubi bugundan o‘z qarorgohida ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladi. Yig‘in davomida Toshkentda ham mashg‘ulotlarni davom ettirishi kutilmoqda.

Tecno

Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida uchta nazorat uchrashuvi o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan. Ulardan biri “Nasaf”ga qarshi o‘tkaziladi.

Tarkibda ham ayrim o‘zgarishlar yuz beradi. Sports.uz ga ma’lum bo‘lishicha, darvozabon Vladimir Vagin va yarim himoyachi Ibrohim No‘’monov “Mash’al” bilan xayrlashishgan. Bundan tashqari, ganalik Mudasiru Salifu ham klubni tark etish ehtimoli bor.

Shuningdek, jamoaga yangi o‘yinchilar ham qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!