MYu asosiy tarkib futbolchisi jarohat olib, 8 haftagacha safdan chiqdi

  • 12 iyul, 18:43
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana jamoaning mavsumoldi tayyorgarligi vaqtida jarohat oldi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, kamerunlik posbon tizza osti payini shikastlab olgan, shu sababli u 6-8 hafta maydonga tusha olmaydi. "Qizil iblislar" yangi darvozabon sotib olish maqsadida transfer bozoriga kirish variantini ko‘rib chiqmoqda.

O‘tgan mavsumda Onana barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, ularning 11 tasida darvozasini daxlsizligini saqlab qolgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 25 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!