
"Real" yozgi transferlar oynasida qancha pul sarfladi?
Bu yozda Madridning "Real" klubi yangi kelgan futbolchilarga katta mablag‘ sarfladi. "Qaymoqranglilar" Din Xausen ("Bornmut"), Alvaro Karreras ("Benfika") va Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul") bilan kuchaygan bo‘lsa, avgust oyida Xabi Alonso jamoasi safiga Franko Mastantuono ("River Pleyt") qo‘shiladi. Umuman olganda, "Real" 2019 yil yozidan beri "qirollik klubi" uchun eng qimmat transfer oynasida taxminan 168 million evro sarfladi.
"Qirollik" klubi Xausen uchun 63 million, Karreras uchun 50 million, Aleksandr-Arnold KO‘JChda ishtirok etishi uchun "Liverpul"ga 10 million hamda 17 yoshli Mastantuono transferiga 45 million evro sarflagan.
O‘tgan mavsumda Madrid grandi La Liga chempionligini "Barselona"ga boy bergan, shuningdek, Ispaniya kubogi va mamlakat Superkubogi finalida kataloniyaliklarga mag‘lub bo‘lgandi. Chempionlar ligasida jamoa 1/4 finalga qadar etib borib, "Arsenal"ga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, yaqinda bo‘lib o‘tgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida yarim finalida PSJga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar