Ferdinand: "Reshford barchani hayratda qoldiradi"

  • 21 iyul, 16:21
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand mankunianliklar hujumchisi Markus Reshfordning "Barselona"ga o‘tishiga o‘z munosabatini bildirdi.

- Markus bu jamoada boshqa hujumchilar bilan yangi narsalarni sinab ko‘rishi lozim. Buning uchun unda barcha imkoniyatlar bor. Ishonchim komilki, u barchani hayratda qoldira oladi, - deya Ferdinandning so‘zlarini keltiradi "Sport.es" nashri.

Shuningdek, sobiq himoyachi Reshford Xans-Diter Flik jamoasining o‘yin uslubiga mos kelishini ta’kidladi. O‘tgan mavsumni vinger "Manchester Yunayted"da boshlagan bo‘lsa-da, qishda "Aston Villa"ga ijaraga berildi. O‘tgan mavsumda Reshford 41 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!