
“Liverpul” qadrlamagan yulduzni to‘rt klub talashyapti
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” jamoaning urugvaylik hujumchisi Darvin Nunes bilan to‘liq xayrlashishga tayyorgarlik ko‘ryapti.
Shunga qaramay, tajribali to‘purar ishsiz qolmaydi. Caught Offside nashrining yozishicha, Nunes uchun kurashga Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” va “An-Nasr” kabi badavlat klublari ham qo‘shildi.
Evropa vakillaridan “Barselona” va “Milan” 26 yoshli forvard atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda va mavridi kelsa, uni tarkibga qo‘shib olishga urinmoqchi.
Mersisaydliklar o‘z o‘yinchisini 70 million evroga baholayapti va shu summadan kam bo‘lmagan mablag‘ taklif etilsa, Nunesni qo‘yib yuborishga tayyor.
O‘tgan mavsumda Nunes barcha turnirlarda 47 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti bor ishg‘ol ishg‘ol qilib, yana shuncha assist qayd etdi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha davom etadi.
Fikrlar