
Jeydon Sancho Italiyaning grand klubiga o‘tadi: transfer yaqin kunlarda rasmiylashtiriladi
"Yuventus" Jeydon Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olish arafasida turibdi. Angliyalik hujumchi bilan shaxsiy shartnomaga kelishuvga erishilgan — u klub bilan to‘rt yillik shartnoma tuzadi va yiliga 6 million evro maosh oladi (bonuslardan tashqari).
Kelishuv bo‘yicha so‘nggi tafsilotlar hal etilmoqda. Turinliklar futbolchi agentlari bilan muzokaralarni yakunlab, yaqin kunlarda transferni e’lon qilishni rejalashtirmoqda.
Sancho allaqachon "Manchester Yunayted" rejalaridan chiqarib tashlangan. U Shvetsiyadagi "Lids"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun tarkibga kiritilmagan va klubning AQShdagi yozgi turnirida ham qatnashmaydi.
Avvalroq A Seriya klubi Sancho uchun 15 million funt taklif qilgan edi. Endi esa turinliklar bonuslar va chiqish pulining bir qismini o‘z zimmasiga olish orqali MYuni rozi qilishga harakat qilmoqda. Futbolchining o‘zi ham italiyaliklar safiga qo‘shilish uchun maoshini ikki barobarga qisqartirishga tayyorligini bildirgan.
Fikrlar