"Real" futbolchisi Ispaniyaning boshqa bir klubi taklifini rad etdi

  • 22 iyul, 10:47
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Andrey Lunin "Real Madrid"ni tark etmaslikka va o‘tgan mavsumda kam maydonga tushganiga qaramay, asosiy tarkib uchun kurashni davom ettirish qaroriga keldi. Bu haqda "ESTADIO Deportivo" xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, "Vilyarreal" ukrainalik darvozabonni o‘z safiga qo‘shib, darvoza chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rgan va unga Ispaniya chempionati hamda Evropa turnirlarida muntazam o‘yin amaliyotini taklif etgan.

Biroq, Lunin poytaxtda qolishni va yangi mavsum arafasida jamoaga kelgan "qaymoqranglilar"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonsoga o‘z qobiliyatini isbotlashni ma’qul ko‘rdi. Ispaniya va chet el klublarining qiziqishiga qaramay, darvozabon yozgi transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirish niyati yo‘qligini bildirdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!