Shomurodov: Mendan qochib yuribsanmi?

  • 28 iyul, 22:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Asli millati o‘zbek bo‘lgan Qozog‘iston milliy terma jamoasi etakchisi Baxtiyor Zaynutdinov o‘zbek futbolchilari bilan do‘stona munosabatga ega.

Tecno

“Taraz” klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Baxtiyor Qozog‘istonda “Astana” jamoasida ham to‘p tepgan.  2019 yili iqtidorli himoyachini Rossiya Premer-ligasining “Rostov” klubi 115 ming evro miqdoriga o‘z safiga qo‘shib oldi.

Bu paytga kelib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov “Rostov”ning etakchilaridan biriga aylanib bo‘lgan edi. Shu tariqa, ikki qo‘shni mamlakat vakillari Rossiya Premer-ligasida “Rostov” sharafini munosib himoya qildi.

Bir yildan keyin Baxtiyor va Eldorning yo‘llari ayrildi. Qozog‘istonlik himoyachi 2 million evro evaziga Rossiyaning eng qudratli klublaridan TsSKA safiga ko‘chib o‘tdi. Eldor Shomurodov esa, Italiyaning eng qadimiy jamoasi “Jenoa” o‘yinchisiga aylandi.

Keyinroq, Baxtiyor ham Evropada kuchayib borayotgan Turkiya Superligasiga keldi. 2023 yilning avgustida “Beshiktosh” 4,5 million evro evaziga Zaynutdinovni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Baxtiyor Istanbulga yo‘l olishidan bir necha kun avval O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir vakili Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor”dan TsSKAga ko‘chib o‘tgandi.

Yosh futbolchimiz Moskvadagi dastlabki kunlarida Baxtiyor Zaynutdinov o‘ziga ancha yordam berganini keyingi intervyularida bir necha bor takrorladi.

Taqdirni hazilini qarangki, Eldor Shomurodov A Seriyadagi qariyb besh yillik faoliyatidan keyin Istanbulga ko‘chib o‘tdi. Turkiya Superligasida beshinchi o‘rinni egallagan “Istanbul Bashakshehir” 30 yoshli hujumchimizni keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan “Roma”dan bir mavsumga ijaraga oldi.

Shu kunlarda Baxtiyor Zaynutdinov Rossiyaga qaytib ketdi. Moskvaning “Dinamo” klubi 27 yoshli futbolchini 2,8 million evro evaziga “Beshiktosh”dan transfer qildi.

Qizig‘i shundaki, Baxtiyor RPLga qaytgan pallada Abbosbek Fayzullaev Turkiyaga yo‘l oldi. “Istanbul Bashakshehir” 21 yoshli hujumkor futbolchimizni ham o‘z safiga chorladi.

Endi Eldor ham, Abbosbek ham Baxtiyor bilan bir chempionatda ishtirok etolmaydigan bo‘ldi.

“Bashakshahir” tarkibida debyutini nishonlab bo‘lgan Eldor Shomurodov “Dinamo”ga ko‘chib o‘tgan do‘sti Baxtiyor Zaynutdinovga murojaat qildi.

- Birodarim, menda qochib yuribsanmi?, - leb yozdi Shomurodov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Zaynutdinovga yuzlanib.

Endi o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Turkiya Superligasida “Bashakshehir”ga, Rossiya Premer-ligasida “Dinamo Moskva”ga muxlislik qilishlari mumkin. Darhaqiqat, o‘tgan mavsum Rossiya jamoalarida ro‘yxatdan o‘tgan Abbosbek Fayzullaev, Rustam Ashurmatov, Umarali Rahmonaliev va Sherzod Esonov boshqa klublarga yo‘l olgani bois, Premer-ligada birorta o‘zbekistonlik futbolchi qolmadi.

Endi bor e’tibor Turkiya Superligasiga qaratiladi...

Husanov sog‘lig‘ini sun’iy intellekt nazorat qilyapti

Husanov ham ular orasida! Gvardiola tarkibga kirmaydiganlar haqida gapirdi

Husanovga muhim vazifa topshiriladi

Husanovning joyi o‘zgaradi

Husanovga joy bormi? Gvardiola yangi tarkib shakllantiryapti

“Real” Husanovning jamoadoshi uchun ikki yulduzini beradi
Husanovning do‘stini “Real” oladi!
Fayzullaev TsSKAga “yangi Messi”ni kashf qilib ketdi

Fayzullaev bu futbolchilar orasida superyulduzga aylanadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!