
Rodrigo APL klublari bilan muzokara o‘tkazmoqda
Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar jamoani tark etishi mumkin. Jurnalist Ramon Alvares de Monning ma’lum qilishicha, 24 yoshli braziliyalik futbolchi "Tottenxem" bilan muzokara olib bormoqda.
Shu bilan birga, Rodrigo "Liverpul"dan taklif kelishi ehtimolini ham kutmoqda. Uning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi esa 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u yozdagi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida kam maydonga tushgan va bu uning kelajagiga shubha tug‘dirmoqda. Shuningdek, "Real"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso Rodrigoni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘rmayotgani qayd etilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Transfermarkt portali Rodrigoning bozor qiymatini 90 million evro deb baholagan
Fikrlar