
Osiyo chempionati. Bokschilarimiz Tailandni "yondirmoqda"
Xabaringiz bor, 30 iyuldan 12 avgustga qadar Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Bugun yoshlarimiz ertalabki dasturda bahs olib borgan bo‘lsa, 22 yoshgacha bo‘lgan vakillarimiz kunning ikkinchi qismida, chorak finalda ringga ko‘tarildi.
-55 kg da Abdulaziz Abdunazarov 1-raunddayoq Gong Kong vakili Kit Fu Tangni texnik nokautga uchratdi;
-60 kg da Abdurahmon Mahmudjonov qirg‘izistonlik Erlan Ergashovni 5:0 hisobida mag‘lub etdi;
-65 kg da Jahongir Zayniddinov mezbon Natthangpong Pimsenni 5:0 hisobida engib, chorak finalga yo‘l oldi.
-48 kg da Robiyaxon Baxtiyorova Shri-Lanka vakilasi Chathuri Sirivardadan 5:0 hisobida ustun kelib, yarim finalga chiqdi;
-51 kg da Gulsevar Ganieva xitoylik Junya Fengni 5:0 hisobida mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
-54 kg dagi chorak finallarning yana birida, Uzukjamol Yunusova yaponiyalik Seina Adachini qiyinchiliksiz engdi - 5:0.
-57 kg da Xumorabonu Mamajonova indoneziyalik Nurul Izza Nukuheheni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.
Fikrlar