
Fayzullaevning salohiyatini ko‘rdik! “Bashakshehir” ustozi Abbos haqida yana nimalar dedi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchilari – Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaevni o‘z safiga qo‘shib olgan “Istanbul Bashakshehir” uchun yangi mavsum ancha erta boshlanib, turk klubi UEFA Konferentsiyalar ligasi saralash turnirida yurishini boshlab bo‘lgan.
Xalqaro musobaqaning ikkinchi bosqichida Bolgariyaning “Cherno More” jamoasini ikkita uchrashuvda 1:0 va 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Chag‘dash Atan shogirdlari navbatdagi raundda Norvegiyaning “Viking” jamoasi bilan raqobatlashadi.
Bu uchrashuv 7 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
“Istanbul Bashakshehir” bosh murabbiyi Chag‘dash Atan bellashuv oldidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, rasmiy uchrashuvlarda qatnashmayotgan Abbosbek Fayzullaev haqida ham gapirdi.
Sports.uz portali turk klubining 45 yoshli bosh murabbiyi Chag‘dan Atan fikrlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga haqola etadi.
- Bu gal biz sintetik qoplamalida o‘ynashimizga to‘g‘ri keladi. Biz anchadan beri bunaqa maydonda to‘p tepmaganmiz. Bu biz uchun muammo. Shimollik raqiblarimiz jismonan baquvvat. Biz kamchiliklarimizni ustunlikka aylantirmoqchimiz. Bu uchrashuvda oxirigacha kurashish kerak. Jamoamizning jangovar ruhiyati, o‘yinchilarimizning mahorati evaziga zafar quchmoqchimiz.
“Viking” yuguradigan va to‘pga egalik qilishni yaxshi ko‘radigan jamoa. Biroq biz Istanbulga ijobiy natija bilan qaytmoqchimiz.
Kamchiliklarimizni minimallashtirish uchun futbolchilar mahorati va jamoaviy qudratimizga asoslangan reja ishlab chiqdik. O‘zimizni oqlashga hojat yo‘q. Yig‘inimiz yuqori darajada o‘tgan. O‘z o‘yin ritmimizni topishga juda yaqinmiz. Barcha shogirdlarim o‘yinga to‘liq o‘zini bag‘ishlashga tayyor. 99 foiz harakatni ham qabul qilmaymiz. Har bir futbolchi oxirigacha kurashadi.
Shiddat va jasorat bilan o‘ynashimiz talab etiladi. Ayrim hududlarda esa, aql bilan o‘ynashga to‘g‘ri keladi. Istanbulga qaytishdan oldin, ijobiy natijaga erishishimizga umid qilaman.
TsSKAdan olingan yangi o‘yinchi – Abbosbek Fayzullaev o‘tgan hafta davomidagi mashg‘ulotlarda bizga o‘zining salohiyati yuqori darajada ekanini namoyish qildi. Uning transferi bo‘yicha hujjat ishlari hali oxiriga etgani yo‘q.
Shu tufayli Fayzullaev “Viking”ga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etolmasa kerak. Agar biz uning transfer hujjatlari bo‘yicha ijobiy natija olsak, balki Abbosdan javob uchrashuvida foydalanarmiz, - dedi Chag‘dash Atan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Turkiya Superligasida beshinchi o‘rinni egallagan “Istanbul Bashakshehir” yozgi transferlar davrida tarkibini yangi ijrochilar bilan kuchaytirdi. Xususan, klub “Roma”dan Eldor Shomurodovni keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan bir yilga ijaraga oldi.
Abbosbek Fayzullaev transferi uchun esa, turklar “armiyachilar”ga 7,5 million evro to‘ladi. 21 yoshli legionerimiz “Bashakshehir” bilan besh yillik shartnoma tuzgan.
“Manchester Siti” Husanovni tanladi
Husanovni so‘rayotgan klublar bor, lekin...
Husanov, do‘stingni tabriklab qo‘y!
Hammasi tugadi! Husanovning ustozidan noxush xabar
Fayzullaev nega Evrokuboklarda o‘ynamayapti?
Gvardiola Husanov “g‘ajib tashlagan” yulduzni olib kelmoqchi
Husanov bo‘yicha muhim qaror!
Husanovni “Manchester Siti”ga joylagan mutaxassis ishdan ketdi!
Fayzullaev TsSKAdan ketganining asl sababi oshkor bo‘ldi
Ekspert: Bu futbolchi Husanovning yo‘lini to‘syapti
Fikrlar