FIFA prezidenti Umid Ahmadjonovni yangi lavozim bilan tabrikladi
FIFA prezidenti Janni Infantino Umid Ahmadjonovni CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg‘oniston futbol Assotsiatsiyalari) prezidenti etib saylangani bilan tabriklab, maktub yubordi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Tabriknomada shunday deyiladi:
“Muhtaram Umid Ahmadjonov! CAFA prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan Sizga o‘zimning eng samimiy tabriklarimni yo‘llayman. Sizdagi yuksak bilim va katta tajriba futbolni rivojlantirishga va yuksak cho‘qqiga olib chiqishga xizmat qilishiga ishonchim komil. Bu maqsadga etishish yo‘lida FIFAning ko‘magiga va qo‘llab-quvvatlashiga tayanishingiz mumkin. FIFA eshiklari Siz uchun hamisha ochiq.
Men Sizga muvaffaqiyat, mustahkam sog‘liq va yangi lavozimda omad yor bo‘lishini tilab qolaman.
Hurmat bilan Janni Infantino , FIFA prezidenti”.

Fikrlar