O‘zbekistonlik muay tay ustasi jahon chempionligini qo‘lga kiritdi (foto)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Tailandda muay tay bo‘yicha professional janglar kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda beshta jang tashkil qilindi.

E’tiborlisi, ushbu janglarning birida o‘zbekistonlik muay tay ustasi Mavlud Tifiev chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

64 kg vazn toifasida jahon chempionligi kamari uchun kechgan qarama-qarshilikda sportchimiz mezbonlar vakili Yoktay Sorni ikkinchi raundda nokaut qilishga erishdi. Shunday qilib, sportchimiz uchinchi marta jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: Mavlud Tifiev professional muay tay bo‘yicha 2008 hamda 2010 yillarda ham jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!