​Ana xolos: “Real” Mbappe transferidan voz kechishga tayyor

  • 24 avgust, 2023, 18:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe orzusidagi jamoa – “Real”ga o‘ynash imkoniyatinidan ayrilishi mumkin.

Tecno

PSJ 24 yoshli futbolchini klub bilan shartnomani uzaytirishga ko‘ndirmoqchi. Parijliklar Mbappeni kelasi yoz erkin agent sifatida bepul ketishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.

Agar Mbappe transferini bu yoz amalga oshiradigan jamoa bo‘lsa, PSJga 250 million evro badal puli to‘lashi kerak bo‘ladi. Kelasi yozda bu summa kamaytirilishi tabiiy.

Lekin mutaxassislarning ta’kidlashicha, Mbappe va PSJ kelishuvi “Real” rahbariyatining fikrini o‘zgartirishi mumkin.

El Debate nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” xo‘jayinlarida Kilian Mbappe va uning agentlariga bu transferdan voz kechishi ehtimoli oshib borayotganini uqtirib qo‘yish istagi paydo bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!