Dominik Tim grek tennischini musobaqadan chiqarib yubordi
Frantsiya ochiq chempionatining ettinchi saralangan tennischisi Dominik Tim musobaqada navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi davrada gretsiyalik Stefanos Tsitsipasga qarshi kortga chiqqan Tim 4 setda ustun keldi (6:2, 2:6, 6:4, 6:4).
Avstriyalik raketka ustasining uchinchi davradagi raqibi italiyalik Matteo Berritini bo‘ladi. Ko‘pchilik mutaxassislar bu uchrashuvda Timning g‘alabasini e’tirof etishmoqda. Agar taxminlar o‘zini oqlasa, to‘rtinchi davrada Dominikning raqibi yaponiyalik Kei Nishikori va frantsiyalik Jil Simon juftligi g‘olibi bo‘ladi.

Fikrlar