Osiyo o‘yinlari 10-kun. Bugun 5ta oltin medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston 7-o‘ringa chiqib oldi (FOTO)

CHERY AUTO

Xabaringiz bor shu kunlarda Indoneziyada o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlari o‘zining ayni qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bugun musobaqaning o‘ninchi kunida hamyurtlarimiz 7ta sport turi bo‘yicha bahs olib borishdi.

Tecno

Dastlab badiiy gimnastikachimiz Sabina Tashkenbaeva kumush medalni qo‘lga kiritdi. Keyinchalik katta sahnaga kurashchilarimiz chiqib kelishdi. Jumladan, birinchi bo‘lib Muhsin Hisomiddinov oltin medalni qo‘lga kiritib Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylangan bo‘lsa, keyinroq kurashchi qizimiz Gulnor Sulaymonova ham Osiyoda tengsiz ekanligini isbotladi va delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni yozdirib qo‘ydi. 

Shundan so‘ng -60 kg vazinda finalda ishtirok etgan dzyudochimiz Diyor O‘rozboev yaponiyalik Toru Shishimeni irodali tarzda taslim etdi va oltin medalga ega chiqdi. Kunning ikkinchi yarmida kurashchimiz Dildor Shermetova ham Osiyo o‘yinlari g‘olibi degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. 

Kunning so‘nggi medalllari esa Engil atletikaning balandlikka sakrash bahslarida qo‘lga kiritildi. E’tiborlisi, oltin medal uchun O‘zbekiston sportchilari o‘zaro kurash olib borishdi. 

Xususan, har ikkala sportchimiz oltin va kumush medallarini o‘zaro bo‘lishib olishdi. Xususan, Svetlana Radzivil 1,96 metrni zabt etgan holda, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Nadiya Dusanova 1,94 metrga sakradi va kumush medal sohibasiga aylandi. Kuchli uchlikni esa 1,84 metrni zabt etgan qozog‘istonlik Nadejda Dubovitskaya yakunlab berdi. Qayd etish lozim, Radzivil ushbu natijasi orqali o‘zining 2010 yilda Guanjouda o‘rnatgan Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi.

Shu bilan medallar jamg‘armasi bo‘yicha norasmiy reytingda hamyurtlarimiz 12 ta oltin, 17 ta kumush va 16 ta bronza - jami 45 ta medal bilan medallar jamg‘arish bo‘yicha norasmiy reytingda 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

vedal

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!