Шомуродов FIFAdan xushxabar kutyapti
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning Kongo demokratik Respublikasi darvozasiga kiritgan to‘pi 2026 yildagi jahon chempionatining eng chiroyli goli nomiga da’vogarlar qatoriga kiritildi.
Bu haqida jahon chempionati tashkilotchisi FIFA matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Eldor Shomurodov Afrika vakili bilan guruh bosqichining uchinchi turida o‘tkazilgan uchrashuvning 10-daqiqasida gol urgan edi. Tajribali hujumchi hech kim kutmagan vaziyatda, ya’ni o‘tkir va qiyin burchak ostida zarba yo‘llab, to‘pni darvozabon ustidan oshirib, to‘pni darvozaga aniq joyladi.
Bu gol guruh bosqichidagi eng chiroyli ijro sifatida e’tirof etilgan edi.
Endi Shomurodovning bu samarali zarbasi jahon chempionatining eng chiroyli golini aniqlash maqsadida FIFA tomonidan tuzilgan yakuniy ro‘yxatga kiritildi.
Ushbu reytingdan jami 12 ta gol joy oldi.
Eng yaxshi gol muxlislar ovozi orqali aniqlanadi, ovoz berish 48 soat davom etadi. Nominantlar orasida Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torresning Argentinaга qarshi finalda urgan (qo‘shimcha daqiqalarda 1:0) g‘alaba goli ham bor.
Da’vogarlar to‘liq ro‘yxati quyidagicha: Karim Alaybegovich (Bosniya va Gertsegovina, Qatarga qarshi), Xulian Al’vares (Argentina, Shveytsariyaga qarshi), Jud Bellingem (Angliya, Fransiyaga qarshi), Sidni Kabral (Kabo-Verde, Argentinalga qarshi), Erling Xoland (Norvegiya, Braziliyaga qarshi), Vilson Izidor (Gaiti, Marokashga qarshi), Elayidja Djast (Yangi Zelandiya, Eronga qarshi), Dayzen Maeda (Yaponiya, Shvetsiyaga qarshi), Kilian Mbappe (Fransiya, Senegalga qarshi), Lionel Messi (Argentina, Jazoirga qarshi), shuningdek, yuqorida keltirilganidek Eldor Shomurodov va Ferran Torres nomzodi ham bor.

Fikrlar