Polin Parmente finalda o‘ynaydi
Kanadada Xotin-qizlar tennis uyushmasi – WTA tomonidan o‘tkazilayotgan "Coupe Banque Nationale" turnirida finalchilar nomi aniqlandi.
Ushbu musobaqaning so‘nggi yarim final uchrashuvida frantsiyalik Polin Parmente va britaniyalik Xizer Uotson o‘zaro raqobatlashdi. Polin mazkur o‘yinda raqibini 5:7, 6:3, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi
Endi turnirning final bahsi Polin Parmente va amerikalik Jessik Pegul o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar