Yilning eng zo‘r professional bokschisi nomi e’lon qilindi
Boks olamining nufuzli nashri "The Ring Magazine" jurnali 2016 yilning eng yaxshi bokschisi nomini e’lon qildi.
Professional boksning yarim engil vaznida WBA (Super) chempionlik kamarini egallab turgan 29 yoshli Karl Frempton nashr tomonidan eng zo‘r bokschi deb tan olindi. Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan biritaniyalik charm qo‘lqop ustasi o‘tgan mavsumda ikkita muhim jang o‘tkazdi.
Birinchi yarim engil vaznda IBF yo‘nalishi chempioni bo‘lgan Karl fevral oyida WBA chempioni, britaniyalik Skott Kuiggni mag‘lub etib, uning kamarini tortib oldi. Keyin vaznini oshirib, yarim engil vaznda meksikalik engilmas bokschi Leo Santa Krusni mag‘lubiyatga uchratib, unga tegishli bo‘lgan WBA (Super) chempionlik kamariga ham ega cheqdi.
Profringda 23 ta g‘alaba qozongan Karl Frempton navbatdagi jangini 28 yanvar kuni yana bir bor Leo Santa Kruzga qarshi o‘tkazadi.
SPORTS.uz

Fikrlar